Muhammad Aliga tegishli chempionlik kamari auksionda sotildi

1974 yili afsonaviy bokschi Muhammad Ali qo’lga kiritgan chempionlik kamari 6,18 million dollarga sotildi, deya xabar berdi “Frans Press” axborot xizmati.

Dallasdagi “Heritage Auctions” majmuasida o’tgan kim oshdi savdosida Aliga tegishli kamarni Milliy futbol ligasi (NFL)da o’ynaydigan «Indianapolis Kolts» klubi egasi Jim Irsay qo’lga kiritdi. Auksionda taniqli bokschining boshqa buyumlari ham yangi egalarini topgan.

Eslatib o’tamiz ushbu kamarga ega chiqish uchun Muhammad Ali 1974 yili Formenga qarshi jang o’tkazib, sakkizinchi raundda raqibini nokautga uchratgan.