«Roma» bosh murabbiyi Joze Mourinyu Italiya chempionatida diskvalifikatsiya oldi.
Portugaliyalik mutaxassis «Torino» (1:1)ga qarshi 15-tur doirasidagi o’yinda qizil kartochka olishi ortidan ikkita o’yinga chetlashtirildi. U hakam Antonio Rapuanoning qarorlaridan noroziligini ochiqdan-ochiq bayon qilgani uchun qizil kartochkaga loyiq ko’rilgan edi.
Shunday ekan, Mourinyu «Roma»ni «Bolonya» (4 yanvar) va «Milan» (8 yanvar)ga qarshi o’yinlarda maydondan boshqara olmaydi.
«Roma» 15-turdan so’ng 27 ochko jamg’argan holda Italiya chempionatida 7-o’rinda bormoqda.
Izohlarni ko`rish