Mourinoning niyati jiddiyga o'xshaydi!

«Roma»ning portugaliyalik bosh murabbiyi Joze Mourino Rim jamoasi rahbarlaridan «Manchester Yunayted» hujumchisi Krishtianu Ronalduni sotib olishni talab qilmoqda.

Marca nashri xabariga ko’ra, portugaliyalik mutaxassis Rim klubi rahbarlaridan Londonning «Chelsi» klubi ham qiziqish bildirayotgan 37 yoshli futbolchi bilan shartnoma imzolashga urinib ko’rishni so’ramoqda.

Eslatib o’tamiz, Ronaldu va «Manchester Yunayted» jamoasi o’rtasidagi amaldagi shartnoma kelasi yilning iyuniga qadar tuzilgan.

O’tgan mavsumda Krishtianu Ronaldu «mankunianliklar» tarkibida Angliya chempionatida 30ta o’yin o’tkazib, 18ta gol urgan.