«Manchester Yunayted» hujumchisi Krishtianu Ronaldu yozgi transfer oynasida «Old Trafford»ni tark etmaydi.
ESPN xabariga ko’ra, “qizil iblislar” vakillari 37 yoshli portugaliyalik futbolchiga klub uni yozda qo’yib yubormasligini aytishgan. «Manchester Yunayted» Ronalduning jamoada qolishiga umid qilmoqda. Jamoaning yangi bosh murabbiyi Erik ten Xag ham Krishtianuning «MYu»da o’ynashda davom etishini istamoqda.
Avvalroq, Ronaldu mankunianliklarning transfer bozoridagi noaniq harakati sabab jamoani tark etishi mumkinligi haqida xabar berilgandi.
37 yoshli futbolchiga da’vogarlar orasida “Chelsi” va “Sporting” klublari bor.
Izohlarni ko`rish