Messining «Barselona»ga qaytishi mumkinligi haqida yangi ma'lumotlar paydo bo'ldiMUNICH, GERMANY — MARCH 08: Lionel Messi of Paris Saint-Germain is challenged by Alphonso Davies of FC Bayern Muenchen and Thomas Mueller of FC Bayern Muenchen during the UEFA Champions League round of 16 leg two match between FC Bayern München and Paris Saint-Germain at Allianz Arena on March 08, 2023 in Munich, Germany. (Photo by Boris Streubel/Getty Images)

Argentinalik hujumchi Lionel Messi Kataloniyaning “Barselona” klubiga qaytishni istamoqda.

Catalunya Radio xabariga ko’ra, futbolchining agenti va otasi Xorxe Messi tez orada «ko’k-anorranglilar» rahbariyati bilan muzokaralar olib boradi.

Manbaning ta’kidlashicha, Lionelning o’zi bu borada jamoa bosh murabbiyi Xavi Ernandes bilan shaxsan muloqot qiladi. Klubdagi barcha Messining tanlovini qo’llab-quvvatlamoqda va uning “Kamp Nou”ga qaytishini kutishmoqda.

Leo hozir Fransiyaning «PSJ» jamoasida o’ynamoqda. Uning parijliklar bilan shartnomasi shu mavsum oxirigacha mo’ljallangan.

Messi «Barselona» tarbiyalanuvchisi. U 2005 yildan 2021 yilgacha Kataloniya jamoasi sharafini himoya qilgan.