Messi terma jamoalar tarixidagi eng yaxshi to'purarlar ro'yxatida uchunchi o'ringa chiqib oldi

Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi terma jamoalar to’purarlari ro’yxatida uchinchi o’ringa ko’tarildi.

28 sentyabrda kuni hujumchi Yamaykaga qarshi o’yinda (3:0) dubl qayd etdi. Messining Argentina terma jamoasi safida urgan gollari soni bilan (90 ta) malayziyalik Muhtor Daharini (89) ortda qoldirdi.

Terma jamoadagi gollar soni bo’yicha rekord portugaliyalik Krishtianu Ronalduga (117) tegishli bo’lsa, ikkinchi o’rinni eronlik Ali Daei (109) egallab turibdi.