Messi «PSJ»ga o'z talabini ma'lum qildi

«PSJ» hujumchisi Lionel Messi, ma’lum shartlar bajarilganda, Parijda qolishga tayyor ekanini aytdi.

Yangi shartnoma bo’yicha olib borilayotgan muzokaralarda uning muddati, maosh miqdori va boshqa jihatlar muhokama qilinmoqda. 35 yoshli futbolchi esa jamoa kuchli bo’lishini va Yevropa chempionlar ligasida g’olib chiqishga da’vogar bo’lishini istamoqda hamda rahbariyat oldiga shu talabni qo’ymoqda.

Moliyaviy halol o’yin qoidalari klubning moliyaviy imkoniyatlarini cheklab qo’yishi tufayli jamoa o’z tarkibini yetarli darajada kuchaytira olmasligidan Messi xavotir olmoqda.

Bundan tashqari, qatarlik investorlar klub loyihasiga bo’lgan qiziqishni yo’qotishi, natijada, Kilian Mbappe jamoani tark etishi mumkin.