«Kechirmasanglar ham kechiringlar! Bilmay qolibman. Ilgari dam olish kunlari u yoq-bu yoqqa borardik, birov g’iring demasdi. Bu safar negadir xo’jayinlar chap yonlari bilan turishgan, shekilli… Xullas, men pulni sevuvchini Saudiya Arabistoniga borib, xotin bilan kayfu safo qilib, tuyalarga minib, reklama roliklarida suratlarga tushib, rosa pul qilib kelganim uchun kechiringlar. Mayli, “PSJ”ning rahbarlari jazolashlariga roziman. Ammo jamoadoshlarim, birga to’p tepib yurganlarim, sizlar kechiringlar! O’lay agar, ikki marta qizg’anchiqlik qilmay, tayyor golni urmay, sizlarga tashlab beraman. Maza qilasizlar».
Messining kechirim so’rashi shunday bo’ldi. Axir uni sevimli mashg’ulotidan ikki haftaga chetlatib yuborishdi-da!
Izohlarni ko`rish