1979-yilda argentinalik fermer Pedro Martin Ureta 25 yoshida vafot etgan marhum rafiqasi xotirasiga bag’ishlab, o’z fermasida gitara shaklida o’rmon yaratishni boshlagan. Bir necha yillar davomida u o’rmondagi har bir daraxtni to’rt nafar farzandi bilan birga o’tqazgan.
O’rmon yaratishga uni rafiqasi Grasiela ilhomlantirgan. Ular ferma hududi ustidan uchib o’tayotganda, fermaning shakli Grasielaga chelakni eslatgan va u turmush o’rtog’iga chelak shaklini o’zi yoqtirgan musiqiy asbob – gitaraga aylantirish mumkinligini aytgan. Biroz vaqt o’tgach, 1977-yilda xomilador Grasiela beshinchi farzandini dunyoga keltirishga ulgurmay, anevrizma yorilishidan vafot etgan.
Bir necha yil o’tgach, Pedro marhum rafiqasining istagini amalga oshirib, gitara shaklidagi o’rmon yaratishga qaror qilgan. Farzandlari bilan birgalikda u 7000 dan ortiq daraxt, sarv va evkalipt ko’chatlarini o’tqazgan. O’rmonning uzunligi taxminan 500 metrni tashkil etadi va hatto sun’iy yo’ldoshdan ham ko’rinadi.