Messi Argentinani chorakfinalga olib chiqadimi, AQSh yana sensatsiya qila oladimi? Kunning asosiy intrigalari

Chempionatning pley-off o’yinlarini Niderlandiya va AQSh ochib berishadi. Ikki jamoa ham guruh bosqichini mag’lubiyatsiz o’tkazdi, ammo Yevropa vakillari ikkita, amerikaliklar faqat bitta g’alabali o’yin o’tkazgan. Umuman olganda, «Apelsinranglilar»ning maqomi yuqoriroq, bu jamoa uch bor jahon chempionatlari finalida ishtirok etgan. To’g’ri, niderlandlar ularning barchasida yutqazishgan.

Lui van Gaal shogirdlari guruh bosqichida yorqin o’yin ko’rsatishmadi, ammo jamoa pley-offga birinchi o’rin bilan chiqdi. Jamoada Kodi Gakpo ajralib turibdi. «PSV» vingeri ichki chempionatdagi yorqin startdan keyin (barcha turnirlar doirasidagi 24 o’yinda 13 gol va 17 golli uzatma) terma jamoada ham kuchli o’yin ko’rsatmoqda: u guruh bosqichining uch o’yinida bittadan gol urdi. Navbatda AQSh termasi, lekin Qatarda amerikaliklar o’yindan gol o’tkazishmagan

Mudofaadagi ishonchli o’yinga qaramay, amerikaliklar 1/8 finalga qiyinchilik bilan chiqishdi. Birinchi turda uelsliklarga qarshi o’yinda g’alabani saqlab qolishning imkoni bo’lmadi, Garet Beyl penaltidan hisobni tenglashtirdi, Angliyaga qarshi o’yinda esa jamoa g’alaba qozonishi mumkin edi, ammo vaziyatlardan foydalanilmadi (Kristian Pulishichning zarbasi to’singa tekkandi). Qo’shma Shtatlar yakuniy turda Eron ustidan g’alaba qozonib (1:0), guruh masalasini hal qildi.

Niderlandiya va AQShning bungacha o’tkazgan barcha o’yinlari o’rtoqlik maqomida bo’lgan — birinchi rasmiy uchrashuv jahon chempionati pley-offiga to’g’ri kelmoqda. Uchrashuv g’olibi chorakfinalda Argentina — Avstraliya juftligi g’olibi bilan ro’baru keladi.

Messi Argentinani chorakfinalga olib chiqadimi, AQSh yana sensatsiya qila oladimi? Kunning asosiy intrigalari

Argentina — Avstraliya (Toshkent vaqti bilan soat 00:00, Sport va Mahalla telekanallari)

Birinchi turda Saudiya Arabistonidan uchralgan sensatsion mag’lubiyatdan keyin Argentina qayta oldi va guruhda birinchi o’rinni egalladi, bu orqali o’tgan safargi mundialning 1/8 finali remeyki takrorlanishidan qutulib qoldi. O’shanda Janubiy Amerika vakillari turnirning bo’lajak g’oliblari — fransuzlarga mag’lub bo’lishgandi. Bugun Skaloni shogirdlari D guruhidan ikkinchi o’rin bilan chiqqan — Avstraliyaga qarshi bahs yuritadi.

«Sokkeruz» uchun allaqachon turnir muvaffaqiyatli o’tdi deyish mumkin. Avstraliya termasi tarixda ikkinchi bor jahon chempionati pley-off bosqichiga o’tdi. Guruh bosqichida Grem Arnold jamoasi mustahkam himoyaga ega Tunisni mag’lub etdi (1:0) va Yevro-2020 yarimfinalchilari — Daniyadan ustun keldi (1:0). Avstraliyalik futbolchilar birinchi turda Fransiyadan uchralgan mag’lubiyatdan (1:4) tushkunlikka tushmadi — endi uyda jamoani qahramonlardek kutib olishadi, chunki Avstraliya oxirgi bor mundial 1/8 finalida 16 yil oldin ishtirok etgan va o’shanda jamoani afsonaviy Guus Hiddink boshqargandi. 2006 yilda avstraliyaliklar bo’lajak g’oliblar — Italiyaga mag’lub bo’lishgandi (0:1).

Argentina uchun bu yaxshi alomat. Lekin ular birinchi navbatda bugun g’alaba qozonishi kerak bo’ladi.

Chorakfinal
Bu juftliklar g’oliblari 9 dekabr kuni 1/4 final doirasida o’zaro to’qnashadi — o’yin turnirning eng katta stadioni, qariyb 90 ming tomoshabin sig’adigan «Lusayl»da bo’lib o’tadi.