Lionel Messi yozda Saudiya Arabistoni chempionatiga ko’chib o’tish taklifini rad etdi, deya xabar bermoqda TyC Sports.
Ar-Riyodning «Al-Hilol» klubi argentinalik 35 yoshli yulduz uchun yillik 400 million yevro maoshli shartnoma taklif qilgandi, ammo Messi Saudiya Arabistoniga ko’chib o’tishni istamagan. Futbolchi faoliyatini Yevropada davom ettirishini bildirgan.
Avvalroq, Messi «PSJ» bilan amaldagi kelishuvini uzaytirmayotgani va yozda erkin agentga aylanishi, unga «Barsa» qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgandi.
Izohlarni ko`rish