«An-Nasr» hujumchisi Krishtianu Ronaldu va uning sobiq agenti Xorxe Mendesh o’rtasidagi munosabatlar futbolchining jurnalist Pirs Morganga bergan intervyusidan so’ng yomonlashdi, deb xabar bermoqda L’Equipe.
Manbaga ko’ra, Mendesh Morganga intervyu berish qarorini bema’nilik deb hisoblagan. Shuningdek, agent Krishtianu bilan hamkorlikni to’xtatganidan so’ng ruhiy jihatdan qiynalmoqda. Uning uchun bu moliyaviy muammodan ko’ra og’irroq vaziyat bo’ldi.
«Xorxe buni katta ajralish sifatida qabul qildi. To’g’ri, uning obro’si haqida gap ketganda, buni tasavvur qilish qiyin, lekin u o’zini yolg’iz his qilyapti.
Go’yo xotini uni tashlab ketgandek taassurot uyg’ongan», – deydi Mendeshning noma’lum tanishi.
Izohlarni ko`rish