Jurnalist Nikolo Skiraning xabar berishicha, Leonardo Semplichi «Spetsiya»ning yangi bosh murabbiyiga aylanadi.
55 yoshli mutaxassis allaqachon jamoa bilan kelishib bo’lgan va dushanba kuni shartnoma imzolashi kutilmoqda.
Avvalroq Semplichi A Seriyada SPAL va «Kalyari» klublarini boshqargan.
«Spetsiya» yaqinda Luka Gottini jamoa bosh murabbiyligidan bo’shatdi. A Seriya turnir jadvalida jamoa 19 ochko bilan 17-o’rinda bormoqda.
Izohlarni ko`rish