Sport gimnastikachisi Oksana Chusovitina 2022 yilda o’tkaziladigan Osiyo o’yinlarida qatnashishini ma’lum qildi gazeta.uz
«2022 yilgi Osiyo o’yinlariga tayyorgarlik ko’rishga qaror qilganimni barchaga yetkazmoqchiman. Men, shunchaki, faoliyatimni O’zbekiston uchun medalsiz yakunlay olmayman», — deya yozib qoldirdi 46 yoshli gimnastikachi.
Oksana Chusovitina sport gimnastikasi bo’yicha Olimpiya o’yinlarida eng ko’p ishtirok etgan sportchi (1992, 1996, 2000, 2004, 2008, 2012, 2016, 2020) hisoblanadi. 1992 yil Barselonada o’tgan Olimpiya o’yinlari oltin medali sohibi, 3 karra Jahon chempioni.
Oksana Chusovitina yettita yozgi Olimpiya o’yinlarida ishtirok etgan yer yuzidagi yagona ayol gimnastikachi sifatida Ginnesning rekordlari kitobiga kiritilgan. Tokiodagi olimpiada uning uchun sakkizinchisi edi.
Iyul oyida Oksana Chusovitina sportdagi faoliyatini yakunlagani haqida xabar berilgan edi.