image0

Ilon Mask “Vikipediya” muqobilining beta-versiyasini e’lon qildi. “Grokipediya” ikki haftadan keyin ishga tushiriladi. Bu haqda u o‘zining X sahifasida yozdi.

Tesla va SpaceX asoschisi Grok sun’iy intellekt platformasi tomonidan quvvatlanadigan “Grokipediya” muqobil onlayn ensiklopediyasini ishga tushirmoqda. Uning ta’kidlashicha, yangi platforma “mavjud ensiklopediyadan sezilarli darajada yaxshiroq va barcha foydalanuvchilar uchun cheklovlarsiz foydalanilishi mumkin”.

Qayd etilishicha, 2024 yilda Ilon Mask “Vikipediya” asoschilarini siyosiy tarafkashlikda ayblagan va uni Dickipedia deb o‘zgartirish uchun 1 milliard dollar to‘lashni taklif qilgan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, an’anaviy “Vikipediya”dan farqli o‘laroq, “Grokipediya” “haqiqat ensiklopediyasi” – matnlarni avtomatik tahlil qiladigan, faktlar to‘g‘riligini tekshiradigan va materiallarga “to‘g‘ri”, “qisman to‘g‘ri” yoki “noto‘g‘ri” deb belgi qo‘yadigan tizimga aylanishni maqsad qilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Vikipediya”ni boshqaradigan notijorat tashkilot Wikimedia jamg‘armasi eng ko‘p tashrif buyurilgan sahifalarning yillik ro‘yxatini e’lon qilgandi. “Vikipediya” AQSH siyosati haqidagi so‘rovlardan tortib, Hindistondagi kriketgacha bo‘lgan mavzularda butun dunyo bo‘ylab millionlab odamlar uchun ma’lumot manbaiga aylanib ulgurgan.  

Mohichehra Qadamova