Mbappe Madrid klubiga o'tishi mumkin

«Real» yarimhimoyachisi Toni Kroos PSJ hujumchisi Kilian Mbappening Madrid klubiga o’tishi mumkinligi haqidagi mish-mishlarga izoh berdi.

«Real» Mbappeni sotib olsa qiziq bo’ladi. U top o’yinchi va bizga shunday futbolchilar doim kerak. Hech kimga sir emaski, «Real» Mbappe bilan shartnoma imzolamoqchi», – deydi germaniyalik futbolchi.

Eslatib o’tamiz, Mbappening Parij klubi bilan shartnomasi ushbu mavsum oxirida yakuniga yetadi va fransuz katta ehtimol bilan Madrid klubi safiga erkin agent maqomida ko’chib o’tadi.