Mbappe hali Parijdan ketish haqida qaror qabul qilmagan

Kilian Mbappe «PSJ»ni tark etish ustida ishlamayapti va hozircha klubni tark etish-etmalik borasida bir qarorga kelmagan.

Kecha «PSJ» Chempionlar ligasining 1/8 final bosqichida «Bavariya»ga umumiy hisobda (0:1, 0:2) mag’lub bo’ldi.

Jurnalist Fabritsio Romanoning so’zlariga ko’ra, hozircha Mbappe atrofida hamma narsa tinch, boshqa klublar bilan ehtimoliy transfer borasida faol aloqalar yo’q. Hozircha hech qanday qaror qabul qilinmagan.

Joriy mavsumda Mbappe jamoa ishlariga juda ko’p aralashmoqda. U «PSJ» bilan Chempionlar ligasida g’alaba qozonishni juda xohlaydi.

Parijliklar Kilian atrofida jamoa qurish uchun uni saqlab qolmoqchi.

Joriy mavsumda Mbappe «PSJ» safida barcha turnirlar doirasida 31 ta o’yinda maydonga tushib, 30 ta gol va 7 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.