Himoyachi Marselo «Real» klubini tark etishini ma’lum qildi. Bu haqda futbolchining o’zi Yevropa Chempionlar ligasi finalida «Liverpul»ga qarshi uchrashuvdan aytib o’tdi.
«Bu mening «Real» safidagi so’nggi o’yinim bo’ldi. Mana shunday yakundan juda ham xursandman», – deydi Marselo.
Ma’lumot uchun, 34 yoshli futbolchi 18 yoshidan buyon «Real» safida to’p surib keladi. Bu vaqt oralig’ida jamoa safida 25ta sovrinni qo’lga kiritdi.
Izohlarni ko`rish