«Manchester Yunayted»ning yangi ustozi Ronalduni maqtadi

“Manchester Yunayted”ning yangi bosh murabbiyi Ralf Rangnik Angliya Premyer-Ligasi 15-turidan o’rin olgan “Kristal Pelas”ga (1:0) qarshi uchrashuvdan so’ng o’z fikrlari bilan o’rtoqlashdi.

“To’g’risi, jamoaning o’yinidan mamnunman. Ammo, gol yetishmasligi biroz o’yin uslubimizga to’siq bo’ldi. O’yinni nazorat qildik, yaxshi himoyalandik. Eng muhimi darvozamizdan to’p o’tkazib yubormadik. Aynan shuning ustida ko’proq ishlashimiz kerak. Jamoa bilan bor-yo’g’i bitta mashg’ulot o’tkazdim, lekin hayratda qoldim. Men kutganimdan ham yaxshiroq o’ynadik.

Darvoqe, Ronalduning to’psiz harakatlari maqtovga loyiq”— deya germaniyalik mutaxassisning so’zlarini keltiradi VVS.

darakchi.uz