Boks bo’yicha O’zbekiston chempionati yakuniga yetdi. Erkaklar o’rtasidagi 13 ta vazn toifasida g’olib va sovrindorlar nomi aniqlab olindi.
-51 kg vazn toifasi finalida aka-uka Hasanboy va Faryozbek Do’smatovlar to’qnash kelishi kerak edi. Biroq hakamlar yarim final jangini qayta ko’rib chiqishgach, Faryozbek diskvalifikatsiya qilindi va oltin medal akasi Hasanboy Do’smatovga nasib etdi.
Shuningdek, xalqaro musobaqalarda O’zbekiston sharafini himoya qilib kelayotgan Nodirjon Mirzaahmedov, Mirazizbek Mirzahalilov, Asadxo’ja Mo’ydinxo’jayev, Lazizbek Mullojonov kabi bokschilar o’z vazn toifalarida yana bir bor oltin medalga sazovor bo’lishdi.
Izohlarni ko`rish