Mahmud Muradovning navbatdagi jangi bekor bo'ldi

Mahmud Muradov 11 mart kuni oktagonga ko’tarilishi lozim edi.

11 mart kuni Las-Vegas shahrida (AQSh) navbatdagi UFC Fight Night musobaqasi o’tkaziladi.

Ushbu musobaqa doirasida o’rta vaznda o’zbekistonlik UFC jangchisi Mahmud Muradov (25-8) asli dog’istonlik, hozirda Germaniya nomidan jang qilayotgan Abusupyan Magomedovga qarshi oktagonga ko’tarilishi lozim edi. Biroq, jang bekor qilingan. Bunga sabab, Mahmud Muradov jangga oz muddat qolganida, qo’lidan jarohat olgan va yaqin vaqt ichida operatsiyani boshidan kechiradi. Bu haqda rossiyalik MMA jurnalisti Igor Lazorin ma’lum qilgan.

Mahmud Muradovning o’zi bunga munosabat bildirganicha yo’q.