EChL, 4-tur o'yinlari

2 noyabr sanasida Yevropa Chempionlar ligasi guruh bosqichining 4-tur o’yinlari bo’lib o’tdi.

Yaxshi natijalar evaziga ayrim jamoalar joriy mavsum pley-off bosqichiga yo’llanmani naqd qilishdi. Boshqa birlari esa imkoniyatlarini sovurib bo’lishdi yoki shunga yaqin.

O’z uyida «Barselonaga 0:1 hisobida mag’lub bo’lgan Kiyevning «Dinamo»si turnir bilan xayrlashishga yaqin. Ushbu «E» guruhida Levandovski «Benfika» darvozasini uch marotaba aniq nishonga olib, «Bavariya» uchun birinchi o’rin va keyingi bosqich masalasini hal etdi, yakuniy hisob — 5:2.

Ikkinchi turdirki, Krishtianu Ronaldu qadrdon jamoasi — «Manchester Yunayted»ni mag’lubiyatdan qutqarmoqda. Portugal yulduzining dubli «Atalanta» bilan o’yinda «qizil iblislar» joniga oro kirdi — 2:2. «F» guruhining boshqa o’yinida «Vilyarreal» o’z maydonida «Yang Boyz»ni osonlikcha taslim etdi (2:0) va guruh qo’shetakchilaridan biriga aylandi.

EChL. 4-tur natijalari, 2 noyabr:

«Bavariya» — «Benfika» — 5:2

«Dinamo» Kiyev — «Barselona» — 0:1

«Atalanta» — «Manchester Yunayted» — 2:2

«Vilyarreal» — «Yang Boyz» — 2:0

«Volfsburg» — «Zalsburg» — 2:1

«Sevilya» — «Lill» — 1:2

«Yuventus» —«Zenit» — 4:2

«Malmyo» — «Chelsi» — 0:1.