Krishtianuning Pepe bilan o'ynash niyati bor

“Al-Nasr” hujumchisi Krishtianu Ronaldu klubdan “Portu” himoyachisi Pepe bilan shartnoma imzolashni istamoqda. Bu haqda “Marca” nashri xabar berdi.

 

Manbaning xabariga ko’ra, Ronaldu klubda o’zining do’stlaridan biri bo’lishidan manfaatdor. Portugaliyalik hujumchi hattoki ilk muzokaralar vaqtida ham “Al-Nasr” rahbariyati bilan Pepe nomzodini muhokama qilgan. Endi Saudiya klubi Pepeni transfer maqsadlaridan biriga aylantirdi.

 

Eslatib o’tamiz, Ronaldu va Pepe “Real Madrid” va Portugaliya terma jamoasida birga o’ynashgan.