«Tottenhem» bosh murabbiyi Antonio Konte London klubida bir qator yangi cheklovlar joriy qildi
Daily Mail xabariga ko’ra, italiyalik murabbiy mashg’ulotlar paytida «Tottenhem»ning aksariyat o’yinchilariga ortiqcha vazni borligini aytgan.
Konte barcha futbolchilarga tushlikni klub qarorgohida qilishni majburiy qilgan. Murabbiyning qaroriga ko’ra, futbolchilarning ovqatlanish ratsionidan qiyin hazm bo’ladigan taomlar, sendvich, ketchup va mayonez olib tashlangan.
Shuningdek, o’yinchilarga mevali soklar o’rniga ko’proq meva iste’mol qilish, oshpazlardan pista va saryog’dan kamroq foydalanish so’ralgan.
Eslatib o’tamiz, «Tottenhem» APL 11-turidan keyin 16 ochko bilan turnir jadvalida 9-o’rinni egallab turibdi.
tribuna.uz
Izohlarni ko`rish