«Manchester Yunayted» klubi «Latsio» yarim himoyachisi Sergey Milinkovich-Savichga qiziqish bildirmoqda, deb xabar bermoqda The Sun.
Manbaga ko’ra, «Latsio» yarim himoyachini keyinroq bepul qo’yib yubormaslik uchun uni yozda sotishga tayyor. Serbning shartnomasi 2024 yilda tugaydi va u shartnomani uzaytirmoqchi emas. «Manchester Yunayted» futbolchini yozda jamoani tark etadigan Pol Pogbaga o’rinbosar sifatida ko’rmoqda. Futbolchini Manchester klubidan tashqari «Yuventus» va «PSJ» ham kuzatib bormoqda.
27 yoshli serbiyalik futbolchi 2015 yilda Belgiyaning “Genk” jamoasidan “Latsio”ga 12 million yevro evaziga o’tgan edi.
Yarim himoyachi joriy mavsumda “burgutlar” safida barcha turnirlar doirasida 42 ta o’yinda maydonga tushib, 9 ta gol urdi va 11 ta golli uzatmani amalga oshirdi.