«Katta dubulg'a»: O'zbekiston terma jamoasi 1 tadan oltin va bronza medallarini qo'lga kiritdi

Ozarbayjonda start olgan dzyudo bo’yicha «Katta dubulg’a» turnirining birinchi kun bellashuvlari yakunlanmoqda. Unda O’zbekiston terma jamoasi 1 tadan oltin va bronza medallarini qo’lga kiritdi.

So’nggi musobaqalarda ajoyib kurashi bilan o’z vaznida jahon elitasini yorib kirayotgan Diyora Keldiyorova -52 kg vazn toifasida oltin medalni qo’lga kiritdi. U hal qiluvchi bahsda mo’g’ulistonlik spotchi ustidan ishonchli g’alabaga erishdi. Ushbu muvaffaqiyat samarqandlik dzyudochi uchun Parij-2024 Olimpiadasi yo’lida 500 reyting ochkosini taqdim qiladi.

Shuningdek, Sita Qadamboyeva (-52 kg) bronza medali uchun bahsda polshalik Aleksandra Kaleta ustidan g’alaba qozondi. Bu Qadamboyeva uchun faoloyatida «Katta dubulg’a» turnirlaridagi ilk medal bo’ldi.

Biroq Kemran Nurillayev (-60 kg) uchunchi o’rin uchun bahsda imkoniyatni boy berib, musobaqani kuchli beshlikda yakunladi.

OlympicUz