Karim Benzema “Real” bilan shartnomasini uzaytirdi

“Real” klubining fransiyalik hujumchisi, “Oltin to’p” sohibi Karim Benzema “Real” bilan shartnomasini 2024 yilgacha uzaytirdi. Buni madridliklar ustozi Karlo Anchelotti ham tasdiqladi.

 

“Karim keyingi mavsumda bizda o’ynashda davom etadi. Har doimgidek, u ajoyib o’yin ko’rsatadi deb o’ylayman”, — deya Anchelottining so’zlaridan jurnalist Fabritsio Romano iqtibos keltirdi.
Eslatib o’tamiz, fransiyalik futbolchining jamoasi bilan so’nggi shartnomasi kelasi yozda yakuniga yetgan. O’tgan mavsumda Benzema madridliklarning Chempionlar ligasidagi g’alabasining asosiy ijodkorlaridan biri bo’lib, turnirning pley-off bosqichida bir qator muhim gollarni kiritgandi.

 

Ispaniya chempionatining joriy mavsumida Karim Benzema 12 uchrashuvda ishtirok etib, raqib darvozasiga 9 bor zarba berdi va uchta golli uzatma muallifiga aylandi.