JCh-2022 finalining eng yaxshi futbolchisi aniqlandi

Lionel Messi JCh-2022 final uchrashuvining eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

Argentina terma jamoasi penaltilar seriyasida Fransiyani mag’lub etdi (3:3, penaltilar bo’yicha 4:2).

Argentina terma jamoasi sardori dublga erishdi va o’yindan so’ng uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi uchun sovrinni qo’lga kiritdi.

«PSJ» forvardi turnirda yettita o’yinda maydonga tushdi va shulardan beshtasida eng yaxshi futbolchi sifatida taqdirlandi.

Argentinalik futbolchiga bunday nominatsiya faqat Saudiya Arabistoni va Polsha bilan o’yinlarda berilmagan. Shu tariqa, Lionel ketma-ket to’rtta o’yinda eng yaxshi futbolchi deb topildi.