Parijliklar hujumchi Kilian Mbappeni 300-350 million yevro tovon puli evaziga sotishga tayyor. Bu haqda “The Telegraph” nashri xabar berdi.
Futbolchining shartnomasi 2025 yilgacha mo’ljallangan, ammo parijliklar tegishli taklif tushsa, fransiyalik futbolchi ketishni istasa, uni sotishga tayyor. “PSJ” hozirda Mbappeni 300-350 mln yevroga baholamoqda.
Eslatib o’tamiz, Kilian Mbappe Qatarda bo’lib o’tgan jahon chempionatining 7 ta o’yinida 8 ta gol urib, eng yaxshi to’purarga aylandi. Fransiyalik futbolchi Liga 1ning joriy mavsumida 14 o’yinda 12 ta gol va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Izohlarni ko`rish