Serbiyaning Belgrad shahrida 25 oktyabrdan 6 noyabrga qadar boks bo’yicha kattalar o’rtasida Jahon chempionati o’tkazildi.
Musobaqada 13 xil vazn toifasida janglar o’tkazildi. O’zbekiston delegatsiyasi barcha vazn toifasida o’z vakillari bilan ishtirok etdi: Nodirjon Mirzahmedov, Hasanboy Do’stmatov, Shahobiddin Zoirov, Mirazizbek Mirzaxalilov, Shahram G’iyosov, Abdumalik Halokov, Mujibullo Tursunov, Asadxo’ja Mo’ydinxo’jayev, Saidjamshid Ja’farov, Odiljon Aslonov, Shohjahon Abdullayev, Madiyor Saidrahimov, Lazizbek Mullajonov.
Yakunda jamoa bitta kumush va bitta bronza medali bilan cheklandi. Abdumalik Halokov (-60 kg) finalga qadar yetib borgan bo’lsa, Madiyor Saidrahimov (-92 kg) yarim finalda o’z yurishini to’xtatdi.
Turnir yakuniga ko’ra Kuba terma jamoasi 3 ta oltin va 2 ta bronza bilan umumjamoa hisobida birinchi o’rinni qo’lga kiritdi. Kuchli uchlikdan Qozog’iston va AQSh terma jamoasi joy oldi. O’zbekiston umumjamoa reytingida 10—13-pog’onani egalladi.
JCh—2021 umumiy reytingi
1. Kuba (3 oltin, 2 bronza)
2. Qozog’iston (2 oltin, 2 kumush, 1 bronza)
3. AQSh (2 oltin, 2 kumush)
4. Yaponiya (2 oltin)
5. Rossiya (1 oltin, 2 kumush, 2 bronza)
6-7. Ozarbayjon (1 oltin, 2 bronza)
6-7. Fransiya (1 oltin, 2 bronza)
8. Ukraina (1 oltin)
9. Tailand (1 kumush, 2 bronza)
10-13. Armaniston (1 kumush, 1 bronza)
10-13. Belarus (1 kumush, 1 bronza)
10-13. Italiya (1 kumush, 1 bronza)
10-13. O’zbekiston (1 kumush, 1 bronza).
Ma’lumot uchun, 2019 yilgi Jahon chempionatida O’zbekiston delegatsiyasi 3 ta oltin, 1 ta kumush va 1 ta bronza bilan umumjamoa hisobda birinchi o’rinni qo’lga kiritgandi.
Eslatib o’tamiz, 2023 yilgi Jahon chempionatiga O’zbekiston mezbonlik qiladi.