«PSJ»ning sobiq futbolchisi Jan-Mishel Larke portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronaldu faoliyatidagi qiyin bosqich haqida o’z fikrlari bilan o’rtoqlashdi.
37 yoshli hujumchi «Manchester Yunayted»ning zaxiradagi futbolchisiga aylanmoqda va o’ziga yangi jamoa topa olmayapti.
«Faoliyatini yakunlash vaqti keldi. Ronaldu faoliyatini yakunlash qarorini kechiktirmasligi kerak. Uning so’nggi mavsumlarini hech kim eslamaydi deb o’ylayman. Faqat uning ajoyib daqiqalari esda qoladi. Krishtianu, tugatish vaqti keldi», – dedi Larke RMC Sport bilan suhbatda.
Joriy mavsumda Ronaldu Angliya Premyer-ligasida to’rtta o’yinda maydonga tushdi.
Izohlarni ko`rish