image0

Misrda 20 yil davom etgan restavratsiya ishlari yakunlanib, fir’avn Amenxotep IIIning maqbarasi ilk bor sayyohlar uchun ochildi. Bu haqda “Associated Press” agentligi xabar berdi.

Maqbara mashhur Podshohlar vodiysining g‘arbiy qismida, Luksor shahri yaqinida joylashgan bo‘lib, unda fir’avnning asosiy dafn xonasi hamda uning rafiqalari — malika Tiy va Sitamun uchun ajratilgan ikkita xona mavjud. Qayta tiklash jarayonlari yapon olimlari rahbarligidagi xalqaro mutaxassislar guruhi tomonidan olib borilgan.

Misrda fir’avn maqbarasi sayyohlar uchun ochildi (foto)1

Mutaxassislar devor rasmlarini tozalash, ustunlarni mustahkamlash va qadimiy freskalarni tiklash ustida ishlagan. Ular fir’avn va uning xotinlarining devordagi tasvirlarini ham qayta tiklashga muvaffaq bo‘lgan.

Misrda fir’avn maqbarasi sayyohlar uchun ochildi (foto)2

Misr Qadimiy yodgorliklar oliy kengashi bosh kotibi Muhammad Ismoilning ta’kidlashicha, mazkur maqbara tarixiy va madaniy jihatdan katta ahamiyatga ega.

Amenxotep III (shuningdek, Buyuk Amenxotep nomi bilan ham tanilgan) miloddan avvalgi 1390–1350 yillarda Misrni boshqargan.

Misrda fir’avn maqbarasi sayyohlar uchun ochildi (foto)3

Misrda fir’avn maqbarasi sayyohlar uchun ochildi (foto)4Misrda fir’avn maqbarasi sayyohlar uchun ochildi (foto)5Misrda fir’avn maqbarasi sayyohlar uchun ochildi (foto)6

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qadimiy Misr fir’avni Amenemopetga (miloddan avvalgi 993–978 yillar hukmronlik qilgan) tegishli oltin bilanguzuk Qohiradagi Milliy muzeyning restavratsiya bo‘limidan yo‘qolib qolgandi.