Jahon chempionati: o'zbekistonlik sportchi dunyoda tengsizligini isbotladi

Biroz oldin hamyurtimiz Qurbonmurod Nomozovning o’smirlar o’rtasida bo’lib o’tayotgan jahon chempionatining dast ko’tarish mashqida oltin medalni qo’lga kiritgan edi.

Jahon chempionati: o'zbekistonlik sportchi dunyoda tengsizligini isbotladi

Ayni paytda Turizm va sport vazirligi Axborot xizmatining xabar berishicha, -96 kg vazn toifasida ishtirok etgan atletimiz siltab ko’tarish mashqida ham sayyoramizdagi tengsiz sportchi ekanligini isbotladi. Qurbonmurod Nomozovning siltab ko’tarish mashqida 189 kg toshni o’ziga buysundirib, bu yo’nalishda ham oltin medal egasiga aylandi.

Hamyurtimiz ikki kurash natijasiga ko’ra 342 kg natija ko’rsatib, 1-o’rinni qo’lga kiritdi. Shunday qilib sportchimiz terma jamoamiz hisobiga 3 ta oltin medalni taqdim etdi.