Islom Maxachev UFC chempioniga aylandiABU DHABI, UNITED ARAB EMIRATES — OCTOBER 22: Islam Makhachev of Russia celebrates after his victory over Charles Oliveira of Brazil in their UFC lightweight championship fight during the UFC 280 event at Etihad Arena on October 22, 2022 in Abu Dhabi, United Arab Emirates. (Photo by Chris Unger/Zuffa LLC)

Rossiyalik Islom Maxachev UFC 280 turnirining asosiy jangida Charlz Oliveyrani mag’lub etdi.

31 yoshli dog’istonlik yengil vazn toifasida chempionlikni qo’lga kiritdi.

Maxachev Xabib Nurmagomedov va Petr Yandan keyin rossiyalik uchinchi UFC chempioni hisoblanadi.

Maxachev (23-1) ikkinchi raundda Oliveyra (33-9) ustidan ishonchli g’alabaga erishdi. Maxachev butun jang davomida ustunlik qildi va qatorasiga 11-g’alabasini qo’lga kiritdi.

Jang 22 oktyabr kuni Abu-Dabi (Birlashgan Arab Amirliklari)dagi UFC 280 musobaqasida bo’lib o’tdi.

Shu tariqa, Maxachev yengil vazn toifasida yangi UFC chempioni va Nurmagomedovdan (29-0) keyin ushbu divizionda kamarni qo’lga kiritgan ikkinchi rossiyalik bo’ldi.

Oliveyra o’zining 11 janglik g’alabali seriyasini tugatdi.