O’zbekistonlik jangchi Mahmud Murodov UFC dagi navbatdagi jangini amerikalik Kayo Borraloga qarshi o’tkazdi. Jang to’liq 3 raund davom etdi. Unda teng kurashlar ostida kechgan bahsda Murodov ochkolar evaziga raqibiga imkoniyatni boy berib qo’ydi.
Prelimum janglarida qayd etilgan natijalar:
Abubakar Nurmagomedov (Rossiya) — Gaji Omargajiyev (Rossiya). Abubakar ochkolar hisobiga g’alaba qozondi.
Armen Petrosyan (Armaniston) — Ey Jey Dobson (AQSh). Hakamlar Armenning g’alabasini ma’lum qildi.
Muhammad Mokayev (Angliya) — Malkolm Gordon (Kanada). Mokayev 3-raundda raqibini bo’g’ib qo’ydi.
Kerol Rosa (AQSh) — Lina Lansberg (Shvetsiya). Amerikalik jangchi hakamlar qaroriga ko’ra, g’alaba qozondi.
Izohlarni ko`rish