Toshkentdagi “Yunusobod” sport majmuasida davom etayotgan sambo bo’yicha kattalar o’rtasida Jahon chempionatining ikkinchi kungi bahslari vakillarimiz uchun omadli keldi.
13 noyabr dasturda sambochilarimiz ikkita oltin va uchta kumush medalga sazovor bo’lishdi.
Jangovar sambo yo’nalishida -58 kg vazn toifasida jang o’tkazgan terma jamoamiz a’zosi Bahodir Bakiyev hal qiluvchi bahsda rossiyalik Aleksandr Nesterov ustidan ishonchli g’alabaga erishdi va O’zbekiston delegatsiyasi hisobiga dastlabki oltin medalni taqdim etdi.
Terma jamoamiz hisobiga ikkinchi oltin medalni esa sambo bahslarida Ixtiyor Eshmurodov taqdim etdi. U -88 kg vazn toifasida rossiyalik Sergey Ryabovga qarshi bellashdi va chiroyli tarzda g’alaba qozonib, shohsupaning eng yuqori pog’onasiga ko’tarildi.
Shuningdek, sambochilarimizdan Sarbon Ernazarov (-71 kg vazn toifasida) rossiyalik Nikita Kleskovga qarshi kechgan bahsda imkoniyatni boy berdi va kumush medalga sazovor bo’ldi.
-79 kg vazn toifasida Ulug’bek Rahmonov ham finalda rossiyalik sportchi Uali Kurjevga qarshi bellashdi va mag’lubiyatga uchradi.
Bugungi dasturda terma jamoamizga yana bir kumush medalni jangovar sambo bo’yicha -64 kg vazn toifasida hamyurtimiz Oybek Soliyev taqdim etdi. U finalda rossiyalik Shayx-Mansur Xabibullayevga qarshi gilamga chiqdi va imkoniyatni boy berdi.
Bugun ham kun davomida 7ta vazn toifasida bahslar bo’lib o’tdi. Quyida barcha vaznlarda g’olib va sovrindorlar bilan tanishing:
Ayollar:
-65 kg:
1. Yuliya Xrebenojko (Ukraina),
2. Ajar Salikova (Qozog’iston),
3. Sem Dun Van (Gollandiya), Lyutsiya Babich (Xorvatiya).
-72 kg:
1. Alisa Shletsinger (Isroil),
2. Dildash Kurishbayeva (Qozog’iston),
3. Batseseg Sog-Ochir (Mo’g’uliston), Anastasiya Xomiachkova (Rossiya).
Erkaklar:
-71 kg:
1. Nikita Kleskov (Rossiya),
2. Sarbon Ernazarov (O’zbekiston),
3. Ramazan Xodjakov (Bahrayn), Vladislav Sayapin (Belarus).
-79 kg:
1. Uali Kurziyev (Rossiya),
2. Ulug’bek Rahmonov (O’zbekiston),
3. Nedir Allaberdiyev (Turkmaniston), Aidin Dartayev (Qozog’iston).
-88 kg:
1. Ixtiyor Eshmurodov (O’zbekiston),
2. Sergey Ryabov (Rossiya),
3. Sayidmuhammadriza Saidamani (Eron), Dimitro Stesenko (Ukraina).
Jangovar sambo:
-58 kg:
1. Bahodir Bakiyev (O’zbekiston),
2. Aleksandr Nesterov (Rossiya),
3. Sergey Shilov (Moldova), Nurken Dombayev (Qozog’iston).
-64 kg:
1. Shayx-Mansur Xabibullayev (Rossiya),
2. Oybek Soliyev (O’zbekiston),
3. Adilbek Seissov (Qozog’iston), Yauxeni Mikno (Belarus)
Minsportuz