Toshkentdagi Osiyo chempionatida oltin medalga erishgan bokschimiz Xurshidbek Rasuljonovning doping-sinamasida taqiqlangan modda aniqlangan va shu tufayli Rasuljonov 3 yil muddatga diskvalifikatsiya qilingan.
Ma’lum bo’lishicha, doping-sinama Xurshid Rasuljonovdan 22 yoshgacha bo’lgan bokschilar o’rtasida o’tkazilgan (ASBC Asian U22 Boxing Championships) Osiyo chempionatida olingan. Rasuljonov ushbu musobaqada 60 kg vaznda ishtirok etib, oltin medalni qo’lga kiritgan edi. Xurshidda doping aniqlangani sabab, u ushbu oltindan mahrum qilindi.
Shuningdek, ushbu turnirning yana bir oltin medal sohibi – Aziz Tojiyevning doping-sinamasida ham taqiqlangan moddalar aniqlangan va bokschi 3 yil muddatga diskvalifikatsiya qilingan.
Eslatib o’tamiz, Tojiyevning 2022 yil, 29 yanvardan shu kunga qadar bo’lgan barcha natijalari, reyting ochkolari va 2022 yilgi Osiyo chempionligidan mahrum qilindi.Bu haqda antidoping agentligi xabar bergan.