Engil vazn toifasida UFC sobiq chempioni Habib Nurmagomedov MMA dan ketayotganini e’lon qildi. Sobiq chempion “Habib MMA industriyasini butunlay tark etmoqda. Endi u MMA bilan bog’liq hech qanday vazifalarni bajarmaydi. Sportchining bunday qarorga kelishiga asosiy sabab — oilasiga ko’proq vaqt ajratish”, — degan xabarni o’z Instagram sahifasida ulashdi.
Ma’lumot uyaun, Nurmagomedov 2020 yilning 24 oktyabrida UFC 254 musobaqasida oktagondagi oxirgi jangini o’tkazgan. Ushbu musobaqadagi jang orqali Habib ketma-ket uchinchi bor chempionlik kamarini himoya qilgan. Umumiy hisobda bu dog’istonlik jangchining 29-g’alabasi edi va u umumiy reytingida birinchi o’ringa ko’tarilgandi.
Izohlarni ko`rish