Angliya terma jamoasi bosh murabbiy Garet Saytgeyt bilan rasman shartnomani uzaytirdi. Bu haqda FA xabar berdi.
Qayd etilishicha, Sautgeyt 2024 yilning yozigacha bo’lgan shartnoma muddatini uzaytirgan. U terma jamoani 2024 yildagi Yevropa chempionatiga qadar boshqaradi.
O’z navbatida Sautgeytning maoshi ham sezirarli darajada oshirilgan – yiliga 5 million yevro.
Eslatib o’tamiz, Garet Saytgeyt 2016 yildan buyon Angliya terma jamoasini boshqarib keladi.
Izohlarni ko`rish