Braziliya terma jamoasining uch karra jahon chempioni Pele bu hafta nima uchun kasalxonaga yotqizilganini tushuntirdi.
«Do’stlar, men oylik tashrif bilan kasalxonadaman. Bunday ijobiy xabarlarni olish har doim yoqimli. Qatarga va menga yaxshi kayfiyat ulashgan barchaga rahmat!», – deyiladi Pelening ijtimoiy tarqmoqlardagi sahifalarida.
29 noyabr kuni 82 yoshli Pele San-Pauludagi kasalxonaga yotqizilgan edi. OAV xabariga ko’ra, sobiq futbolchiga tananing umumiy shishishi, jumladan, yurak yetishmovchiligi, shuningdek, xotira bilan bog’lik kasallik tashxisi qo’yilgan.
Izohlarni ko`rish