Futbol bo'yicha Osiyo kubogi-2023 musobaqasiga qur'a tashlandi

 

11 may kuni Qatarning Doha shahrida futbol bo’yicha Osiyo kubogi final bosqichiga qur’a tashlash marosimi bo’lib o’tdi. Jamoalar FIFA reytingi asosida 4 ta savatchaga ajratilgan holda joylashtirildi.

Qur’a tashlash marosimi natijasiga ko’ra, O’zbekiston milliy terma jamoasi Avstraliya, Suriya va Hindiston terma jamoalari bilan «V» guruhdan joy oldi.

Futbol bo'yicha Osiyo kubogi-2023 musobaqasiga qur'a tashlandi

Osiyo kubogining guruh bosqichiga qur’a tashlash marosimi yakunlariga ko’ra barcha jamoalar o’z raqiblarini bilib oldi.

 

Eslatib o’tamiz, Osiyo kubogi musobaqasi 2024 yil yanvar oyida Qatarda bo’lib o’tadi.

 

O’zbekiston milliy terma jamoasi guruhdagi uchrashuvlar sanasi quyidagicha:

 

O’zbekiston — Suriya 13.01.2024

Hindiston — O’zbekiston 19.01.2024

Avstraliya — O’zbekiston 25.01.2024