«An-Nasr» hujumchisi Krishtianu Ronaldu va Jorjina Rodriges o’rtasidagi ajralish haqidagi mish-mishlar haqiqatga to’g’ri kelmaydi. Bu haqda yulduz futbolchining onasi Mariya Dolores Aveyro aytib o’tdi.
«Hammasi yolg’on. Barcha juftliklar janjallashishadi, lekin ajralish haqidagi mish-mishlar haqiqatga to’g’ri kelmaydi», – dedi futbolchining onasi Diario de Noticias nashriga.
Eslatib o’tamiz, Krishtianu va Jorjina rasman turmush qurmagan. Shu bilan birga, er-xotinning umumiy farzandlari bor.
2023 yilning yanvaridan beri Ronaldu Saudiya Arabistonida «An-Nasr» klubida o’ynamoqda. Uning maoshi yiliga 200 million yevroni tashkil qiladi. Tomonlar o’rtasidagi shartnoma 2,5 yilga mo’ljallangan.
Izohlarni ko`rish