Fransiyada mavsumning eng yaxshil o'yinchilar aniqlandi

«PSJ» hujumchisi Kilian Mbappe Liga 1 da mavsumning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

Hujumchi Vissam Ben-Yedder («Monako»), Dimitri Payet («Marsel»), Lukas Paketa («Lion») va Martin Teryerni («Renn») ortda qoldirib mukofot oldi.

«Renn» ustozi Bryuno Jenezo mavsumning eng yaxshi murabbiyiga aylandi.

«PSJ» darvozaboni Janluiji Donnarumma Fransiya chempionatining eng yaxshi darvozaboni sovrinini qo’lga kiritdi.

«Real» sharafini himoya qilayotgan Karim Benzema esa mamlakat tashqarisida to’p surayotgan eng yaxshi fransiyalik futbolchi deb topildi.

Benzemadan tashqari eng ushbu sovrin uchun Usmon Dembele («Barselona»), Ngolo Kante («Chelsi»), Teo Ernandes va Mayk Menyan (ikkalasi ham «Milan») kurash olib borgandi.