Finalda Argentina — Fransiya o'ynaydi

2022 yilgi jahon chempionati navbatdagi yarim final o’yini tugadi.

O’yinning 5-daqiqasida Teo Ernandes tomonidan kiritilgan gol hisobni ochdi. Keyin esa Marokash bir nechta hujum uyushtirdi, ammo gol kirita olmadi.

Ikkinchi bo’limda esa Fransiya yana bitta gol bilan hisobni mustahkamlab qo’ydi. Yakunda Fransiya Marokashni 2-0 hisobiga yengib, finalga yo’l oldi.

Fransiya finalda Argentinaga qarshi o’ynaydi. Marokash esa Xorvatiya bilan uchinchi o’rin uchun kurashadi.