FIFA Rossiyaga qarshi sanksiya e'lon qildi

FIFA o’z rasmiy saytida Rossiyaga qarshi bir qator sanksiyalarni e’lon qildi. Bu haqda Zamon.uz’ qayd etmoqda.

Unga ko’ra, Rossiya hududida hech qanday xalqaro turnirlar o’tkazilmaydi. Uy uchrashuvlari neytral maydonlarda va tomoshabinlarsiz bo’lib o’tadi.

Rossiya vakili bo’lgan delegatsiya har qanday musobaqada Rossiya emas, Rossiya Futbol Ittifoqi (RFI) nomi ostida ishtirok etishi kerak bo’ladi.

Shuningdek, Rossiya jamoalari ishtirokidagi o’yinlarda Rossiya bayrog’i yoki madhiyasi ishlatilmaydi.