FIFA 2026 yilgi jahon chempionati logotipini taqdim etdi

Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) 2026 yilgi jahon chempionati logotipi taqdimotini o’tkazdi. Bu haqda zamon.uz xabar bermoqda.

Turnir logotipida ilk bor jahon kubogining haqiqiy tasviri, shuningdek, chempionat o’tkazilgan yil aks ettiriladi.

Keyinroq tanlovga mezbonlik qiladigan shaharlarning 16 ta logotipi taqdim etiladi.

Tadbir Los-Anjelesdagi Griffit observatoriyasida FIFA prezidenti Janni Infantino, Braziliya terma jamoasida ikki karra jahon chempioni Ronaldu, Meksika terma jamoasi sobiq darvozaboni Xorxe Kampos, Kanada sobiq darvozaboni Kreyg Forrest, AQSh terma jamoa tarkibida ikki karra jahon chempioni bo’lgan Karli Lloyd ishtirokida bo’lib o’tdi.

Futbol bo’yicha 2026 yilgi Jahon chempionati musobaqasiga birdaniga uchta davlat — AQSh, Kanada va Meksika mezbonlik qiladi.

Musobaqada ilk bor 48 ta jamoa ishtirok etadi.