UEFA 2024 yilgi futbol bo’yicha Yevropa chempionatiga mezbonlik qiluvchi Germaniyadagi shaharlar jadvallarini e’lon qildi.
Evropa chempionati o’yinlarini «Bavariya»ning Myunxendagi uy stadioni — «Alyans-Arena» ochib beradi.
Berlin shahridagi Olimpiya stadioni esa 2024 yildagi o’yinlar finaliga mezbonlik qiladi.
Tashkilotchilar Yevro-2024 ni uch klasterga taqsimlashdi: «Shimol/Shimoli-Sharq» (Berlin, Gamburg, Leypsig), «G’arb» (Dortmund, Dyusseldorf, Frankfurt, Gelzenkirxen, Kyoln) va «Janub» (Frankfurt, Myunxen, Shtutgart).
Klasterlar jamoalar va muxlislarning chempionat o’tkaziladigan shaharlar bo’ylab qatnovini qulaylashtiradi.
Eslatib o’tamiz, Germaniyadagi Yevropa chemponati 2024 yilning 14 iyunidan 14 iyuliga qadar o’tkaziladi.