«Barselona» yozda «Sevilya» himoyachisi Jyul Kundeni sotib olmoqchi, deya xabar beradi Mundo Deportivo.
Kataloniya klubi 23 yoshli fransuz uchun 45 million yevro taklif qilishga, shuningdek, shartnomaga o’z futbolchilaridan birini kiritishga tayyor.
Avvalroq kataloniyaliklar bosh murabbiyi Xavi yozda Kunde bilan uch martadan ko’proq gaplashgani xabar qilingandi. Futbolchi «Barselona»da o’ynashni juda xohlaydi.
O’tgan mavsumda Kunde «Sevilya» safida barcha musobaqalarda 44 o’yinda 3 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Himoyachining amaldagi shartnomasi 2024 yilgacha mo’ljallangan.
Izohlarni ko`rish