«Eldor «Roma»da qoladigan bo'ldi»

Eldor Shomurodovning ishlariga mas’ul bo’lgan ProSportsManagement kompaniyasining Osiyodagi loyihalarini boshqarib kelayotgan Qahhor Mo’minov o’zbekistonlik hujumchining kelajagi haqida gapirdi.

«Eldor «Roma»da qoladi. Klub barcha takliflarni ko’rib chiqishdan bosh tortdi. Takliflar iyun, iyul oylarida va hattoki transfer oynasining oxirgi kunlari va soatlarida tushdi.

Bizga Shomurodov ko’proq o’ynash uchun ijaraga berilgan ma’quldek tuyuldi. Ammo «Roma» matbuotga qandaydir ma’lumotlar oshkor etilishiga qaramay, Eldor ularning sport loyihasining muhim qismi ekanligini har doim ta’kidlab keladi. Buning ijobiy tomonlarini ko’rishga harakat qilamiz» – dedi Shomurodovning agenti.