«Milan» va «Barselona» himoyachi Serjino Destning transferi borasida kelishuvga erishdi.
Insayder Fabritsio Romanoning so’zlariga ko’ra, amerikalik futbolchi 20 million yevroga sotib olish imkoniyati bilan bir yilga ijaraga olinadi. Agar «rossonerilar» bu variantni faollashtirsa, futbolchi allaqachon kelishilgan shartnomaga ko’ra, 2027 yilgacha jamoada qolishi mumkin bo’ladi.
21 yoshli himoyachi ertalab Milanga uchib ketadi va kerakli hujjatlarni imzolaydi.
Dest o’tgan mavsumda La Ligada 21 ta o’yinda maydonga tushib, 3 ta golga assistentlik qilgan.
Izohlarni ko`rish